13:04 / 18.06.2020
2 641

Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston "o‘lim" guruhida!

Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston "o‘lim" guruhida!
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qarorgohida 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U16 o‘smirlar milliy jamoasi Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bilan bir guruhdan joy oldi.

Qayd qilish joizki, o‘zbekistonlik o‘smirlar musobaqaning Toshkentda o‘tgan saralash bosqichida Hindiston bilan bir guruhdan joy olgan va o‘zaro o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Natijada, hindistonliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra hamyurtlarimizdan o‘zib ketib, 1-o‘rin bilan guruhdan chiqishgan edi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-offga chiqishadi. Yarimfinalga chiqqan 4ta jamoa 2021 yilda Peruda o‘tkaziladigan U17 jahon chempionatiga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 16 sentabr – 3 oktabr kunlari Bahraynda o‘tkazilishi lozim edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 25 noyabr – 12 dekabr kunlariga qoldirildi.

Qayd qilish joizki, Bahrayndagi musobaqa 16 yosh toifadagilar uchun so‘nggisi bo‘ladi. 2023 yildan boshlab OFK turnirni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida o‘tkazadi.

Osiyo chempionati U16
Bahrayn – 2020
25 noyabr – 12 dekabr


A guruhi
Bahrayn
KXDR
Eron
Qatar

B guruhi
Tojikiston
Ummon
Yaman
BAA

C guruhi
Janubiy Koreya
Avstraliya
Hindiston
O‘zbekiston

D guruhi
Yaponiya
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Xitoy

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston "o‘lim" guruhida!