15:06 / 18.06.2020
2 374

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi o‘yinlari taqvimi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi o‘yinlari taqvimi
Biroz avval, OFK shtab-kvartirasida U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqa mezboni bo‘lgani bois A guruhidan joy oldi.

Ushbu kvartetda hamyurtlarimiz Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kuch sinashadi. Dastlabki raqibimiz Eron, keyin Kambodja bilan bellashamiz. Oxirgi turda esa terma jamoamizga Indoneziya raqiblik qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur qit’a birinchiligi 14-31 oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi 4 ta stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi o‘yinlari taqvimi