21:55 / 19.06.2020
2 344

Superliga. "Paxtakor" derbida "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi

Superliga. "Paxtakor" derbida "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi
Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur poytaxt derbisida "sherlar" 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba "sherlar"ning "Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. Bundan oldingi natija 2018 yilda qayd etilgan edi. O‘shanda Shota Arveladze shogirdlari "qaldirg‘ochlar" darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritgan edilar.

Superliga. 5-tur
19 iyun, juma
“Paxtakor” – “Bunyodkor” 5:0
Gollar:
Sardor Sobirxo‘jayev 1, - 1:0 (Dragan Cheran). Dragan Cheran 40, - 2:0 (Hojiakbar Alijonov). Dragan Cheran 42, - 3:0 (Jaloliddin Masharipov). Eren Derdiyok 45, - 4:0 (Jaloliddin Masharaipov). Jaloliddin Masharipov 62, - 5:0.

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Alisher Salimov, 63), Sherzod A’zamov, Yegor Krimes (Anzur Ismoilov, 63), Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Humoyunmirzo Iminov, 81), Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirjonov, 81), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Eren Derdiyok (Igor Sergeyev, 63).
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Sadriddin Abdullayev, Vladimir Kozak.

"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov (Muhammadodil Qahramonov, 76), Dilshod Ahmadaliyev (Abdulla Abdullayev, 41), Jasur Jaloliddinov (Shahboz Erkinov, 76), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev (Suhrob Izzatov, 76), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Selim Nurmurodov (Farruh Ikromov, 31), Humoyun Murtozayev.
Zaxira: Sarvar Karimov, Vladislav Nuriyev, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Bahodir Pardayev, .

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov 13, Farruh Ikromov 61.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" derbida "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi