00:08 / 20.06.2020
2 105

Shota Arveladze: "Bugun Jizzaxdagi o‘yinga qaraganda 16,5 daqiqa ko‘proq futbol o‘ynadik"

Shota Arveladze: "Bugun Jizzaxdagi o‘yinga qaraganda 16,5 daqiqa ko‘proq futbol o‘ynadik"
Coca Cola Superligasining 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda stadion xodimlariga katta rahmat aytmoqchiman. Karantin vaqtida ham xodimlar stadion maysasini ideal tarzda parvarishlashdi. Agar maydonda ko‘p vaqt futbol o‘ynalmasa maysa o‘z-o‘zidan yaxshi bo‘ladi degan fikr xato.

Jizzaxdagi o‘yin bilan taqqoslaganda bugun 16,5 daqiqa ko‘proq futbol o‘ynadik. Bu "Bunyodkor" futbol o‘ynashni xush ko‘radigan jamoa ekanligini anglatadi. Jizzaxda 98 daqiqadan 40 daqiqasi toza o‘yin vaqti bo‘lgandi. Bugun esa bu narsa 56,5 daqiqaga teng bo‘ldi. Yomon o‘ynaysanmi yoki yaxshi o‘ynaysanmi futbol o‘ynashga harakat qilish kerak.

Derbi, mag‘lubiyatdan keyin juda muhim o‘yin edi. Ilk daqiqada gol urdik, 1:0 hisobi vaqtida Suyunov bizni qutqardi, umuman olganda rahmat ayta olaman. Oldingi mag‘lubiyatdan keyin yaxshi o‘ynadik.

Derdiyok va Sergeyev? Katta tanaffusdan keyin yigitlar yana boshidan jismoniy va ruhiy formaga kirib borishmoqda. Igor Sergeyev doim ajoyib darajada o‘ynaydi, u maydonga tushishga loyiq ekanligini mashg‘ulotlarda ham isbotlaydi. Bugungi kunda tarkibda rotatsiya amalga oshirish imkoniyatiga egamiz.

Masharipov va "Trabzonspor"? Men mish-mishlar haqida fikr bildirmayman. Rasman bizda hech nima yo‘q", - deydi Shota Arveladze.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Bugun Jizzaxdagi o‘yinga qaraganda 16,5 daqiqa ko‘proq futbol o‘ynadik"