00:14 / 20.06.2020
2 486

RPL. "Rostov" darvozasiga o‘nta gol urildi

RPL. "Rostov" darvozasiga o‘nta gol urildi
Rossiya chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Sochi" - "Rostov" o‘yini nihoyasiga yetdi.
Asosiy jamoa futbolchilari karantinda bo‘lgani bois mazkur bahsda "Rostov"ning 2001-2004 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari maydonga tushirildi. Dastlab, o‘yinning ilk daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Roman Romanov hisobni ochdi, ammo buning badali juda og‘ir bo‘ldi. Qolgan vaqt mobaynida "Sochi" futbolchilari qatorasiga 10ta gol urgani holda g‘alabani rasmiylashtirdi.

Sochi – Rostov 10:1
Gollar:
0:1 – 1 Romanov, 1:1 – 6, avtogol Abramov, 2:1 – 15 Kokorin, 3:1 – 44 Kokorin, 4:1 – 45 Zabolotniy, 5:1 – 47 Zabolotniy, 6:1 – 51 Kokorin, 7:1 – 53 Novoselsev, 8:1 – 74 Poloz, 9:1 – 86 Poloz, 10:1 – 87 Koldunov.
Sochi – Djanayev, Margasov (Imbula, 60), Nabiullin, Novoselsev (Milyutin, 56), Zaika, Mostovoy, Burmistrov (Koldunov, 69), Mevlya, Miladinovich, Kokorin (Bokovoy, 69), Zabolotniy (Poloz, 60).
Rostov – Popov, Girnik, Abramov, Kalistratov, Kupriyanov (Kashtan, 73), Romanov (Kochkanyan, 46), Kolotiyevskiy (Korniyenko, 46), Gorelov, Topuriya (Komarov, 61), Rogava, Xromov (Stavsev, 80).
Ogohlantirishlar: Girnik (26), Margasov (38), Burmistrov (42), Topuriya (43), Gorelov (63).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RPL. "Rostov" darvozasiga o‘nta gol urildi