19:40 / 20.06.2020
1 943

Eren Derdiyok: "O‘zimni to‘liq jamoa ichida his qilmoqdaman"

Eren Derdiyok: "O‘zimni to‘liq jamoa ichida his qilmoqdaman"
"Paxtakor" safida ikkinchi golini urishga erishgan Eren Derdiyok "Bunyodkor"ga qarshi bahs haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- G‘alabadan juda xursandman. Raqibimiz chempionatdagi kuchli jamoalardan biri. O‘yinda tashabbusga ega bo‘lganimiz, imkoniyatlardan foydalanganimiz yanada xursand qildi. Jizzaxdagi o‘yindan keskin farq qildi. Unda raqib to‘liq himoyaga yotib olgandi, kurashlarga e’tibor berib, sur’atni sekinlashtirishga harakat qilishgandi. O‘shanda vaziyatni to‘g‘rilay olmadik, biroq mazkur bahsga barcha jiddiy tayyorlandi. Har bir futbolchining jismoniy holati yaxshi bo‘lganini ko‘rib turibmiz.

Hamma maydonda bor kuchini berdi, o‘sha tushunish ham yaxshi darajada bo‘ldi. Jamoa uchun kurashishim zarur va golimdan xursandman. Ishim gol urish, buni bajarishim kerak. Jamoa menga yordam bermoqda. Moslashishga vaqt kerak bo‘ladi. Taktika, futbolchilar va bu yerdagi jamoalarga moslashish zarur bo‘ldi. Hozir men chempionat, raqib va jamoadoshlarimni bilaman. Hozir barchasi joyida, yaxshi ketmoqda. "Paxtakor" uchun ko‘proq foyda bera olaman deb o‘ylayman. O‘zimni to‘liq jamoa ichida deb his qilyapman.

Navbatdagi uchrashuvga ham shunday hozirlik ko‘rishga intilamiz. Karantindan keyin g‘alabali birinchi qadamni tashladik. Biz g‘alaba qozonish va tomoshabop o‘yin ko‘rsatishni istaymiz, - deydi Derdiyok.

Manba: pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eren Derdiyok: "O‘zimni to‘liq jamoa ichida his qilmoqdaman"