22:20 / 20.06.2020
2 084

"Buxoro" klubi murabbiyi: Bir nechta muhim futbolchilarsiz o‘ynamoqdamiz

"Buxoro" klubi murabbiyi: Bir nechta muhim futbolchilarsiz o‘ynamoqdamiz
O‘zbekiston Soca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Navbahor» va «Buxoro» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng buxoroliklar yordamchi murabbiyi Mirislom Hasanov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

"O‘yin yaxshi bo‘ldi. Futbolchilarimizga rahmat aytaman. 3 ta vaziyatda bizga omad yetishmadi. Yaqqol vaziyatlarni qo‘ldan boy berdik. O‘yindan-o‘yinga yanada yaxshiroq harakat qila boshlaymiz, deb umid qilib qolaman.

Bir nechta muhim futbolchilarsiz o‘ynadik. Legionerlarimiz pandemiya sababli yetib kela olishmadi. Yoshlarga imkon berishga harakat qildik. Ular, menimcha, yaxshi o‘ynadi. Hujumlarni yakunlashda biroz tajriba kamlik qildi. Ligada iloji boricha yuqoriroq o‘rinni egallashni maqsad qilganmiz.
«Navbahor» yaxshi jamoa. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Kelgusi o‘yinlarda omad tilab qolaman
", - dedi Hasanov.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro" klubi murabbiyi: Bir nechta muhim futbolchilarsiz o‘ynamoqdamiz