22:38 / 20.06.2020
2 290

Ulug‘bek Baqoyev: "OCHLga yo‘llanma olishga harakat qilamiz"

Ulug‘bek Baqoyev: "OCHLga yo‘llanma olishga harakat qilamiz"
Coca Cola Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Lokomotiv" jamoasini yaxshi bilamiz, tarkibi juda kuchli, amaldagi mamlakat vitse-chempioni, qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan bilardik. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - deb gap boshladi Ulug‘bek Baqoyev.

- Qaysi o‘yin qiyinroq bo‘ldi? "Paxtakor" bilanmi yoki bugun "Lokomotiv"ga qarshi?
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Uning statusiga qaramaymiz. Har bir o‘yinga tayyorlanib maydonga tushamiz. Natija esa o‘yinga qarab bo‘ladi.

- "So‘g‘diyona" dastlab "Paxtakor"ni, keyin "Lokomotiv"ni mag‘lub etdi. Bunga qanday erishildi?
- Bu futbol, agar har bir futbolchi 100 foiz kuchi bilan o‘ynasa. Familiya yoki klassdan qat’iy nazar harakat qilsa natija bo‘ladi.

- Bugun sensatsiya bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
- Bugun harakat qildik. Agar sensatsiya desangiz mayli sensatsiya bo‘laqolsin. Bu haqdy o‘ylaganim yo‘q.

- "So‘g‘diyona" bu mavsum qaysi o‘rinlarga kurasha oladi?
- Bilasizmi, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz va mavsum yakunida musobaqa jadvaliga qaraymiz.

- Savolni boshqacharoq beramiz: Jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
- Vazifa har bir o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynash.

- O‘tgan yil OCHLga chiqish uchun ozgina yetmay qolgandi. Bu yil shunga umid qilsa bo‘ladimi?
- Biz harakat qilamiz. Hozir barcha jamoalar teng kuchli va kutilmagan natijalar hali ko‘p bo‘ladi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "OCHLga yo‘llanma olishga harakat qilamiz"