23:15 / 20.06.2020
2 323

Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman"

Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman"
Coca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Navbahor» va «Buxoro» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng «Navbahor» klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"O‘zingiz ko‘rdingiz, uchrashuv juda og‘ir o‘tdi. Ikkinchi taymda, ayniqsa, "Buxoro" klubiga qarshi turish qiyin kechdi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan unumli foydalana bilmadik. Aks holda, hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.

Buxoroliklarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘zlarida yuzaga kelgan muammolarga qaramasdan kuchli o‘yin namoyish etishdi. Bir nechta vaziyatda tajriba yetishmadi. Jamoa so‘nggi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, ruhiy jihatdan ancha chidamli ekanligini namoyish eta oldi. Bu bizga dars bo‘ladi. "Nasaf" bilan o‘yindan keyin biroz qiyin bo‘ldi. Har bir o‘yin biz uchun muhim, eng asosiysi 3 ochko oldik. Pandemiyadan keyingi uydagi ilk o‘yinimizda g‘alaba qozondik.

Ikkinchi taymda yigitlar maydonda yurishdi? Menimcha bu o‘yinga yetarli darajada nastroy qila olishmaganida. Bundan tashqari Qarshidan uzoq yo‘l bosib qaytdik. To‘g‘ri ikkinchi taymda himoyaga ko‘proq urg‘u qaratdik. Hozir o‘zimizga kelib olishimiz kerak. G‘alaba ruhiyati keyingi o‘yinlarda bizga yor bo‘lishini istayman.

27 iyunda jurnalistlar bayrami? Ushbu bayram bilan g‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman.
TV orqali bizni qo‘llab quvvatlagan, stadion yonidagi daraxtlarda bizni qo‘llagan muxlislarga rahmat aytaman.

Karantin o‘yinlarga ta’sir qildimi? Albatta, Bundesligada 6talab gollar urilmoqda, masalan kecha Rossiyada 11ta gol urildi. Hozir xarakter namoyish etish kerak, bunga erishgan jamoa g‘alaba qozonadi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman"