00:31 / 21.06.2020
2 137

Andrey Fyodorov: Ikkinchi o‘yindirki, mag‘lubiyatga uchramoqdamiz

Andrey Fyodorov: Ikkinchi o‘yindirki, mag‘lubiyatga uchramoqdamiz
O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
«Bu kabi o‘yinlarni izohlash qiyin. Ikkinchi o‘yindirki, mag‘lubiyatga uchramoqdamiz. «So‘g‘diyona»dan aynan shunday o‘yin kutgandik. «Metallurg»ga qarshi bahsda juda ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik. O‘tgan 4 kun ichida vaziyatlardan foydalanish ustida juda ko‘p ter to‘kdik. Demak, bu ham kamlik qilgan. Yanada yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz. Biz mag‘lubiyatli seriyani yakunlash uchun yechimni tez orada topamiz, deb o‘ylayman.

Ikkita mag‘lubiyat futbolchilarga og‘ir ruhiy zarba bo‘lishi tabiiy. Bizni bir nechta muhim futbolchilar tark etishdi. Baribir harakat qilishda davom etishimiz kerak
», - deydi Fyodorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: Ikkinchi o‘yindirki, mag‘lubiyatga uchramoqdamiz