06:13 / 22.06.2020
2 085

La Liga. «Real» safarda «Sosedad»ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi

La Liga. «Real» safarda «Sosedad»ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi
Foto: «Real Madrid»
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 30-turida Madridning «Real» klubi 21 iyun, yakshanba kuni «Real Sosedad» mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi madridliklar nazorati ostida kechdi, biroq tanaffusga qadar darvozalar dahlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida «Real» penalti ishlab oldi, uni Serxio Ramos aniq bajarib, hisobni ochdi. 70-daqiqada Karim Benzema «Real»ning ikkinchi golini urdi.

Bunga San-Sebastyan klubi Mikel Merinoning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin «Real» ochkolarini 65 taga yetkazib olgan holda «Barselona»ga tenglashib oldi va katalon klubini qo‘shimcha ko‘rsatkichlarda ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi. «Real Sosedad» 47 ochko bilan 7-o‘ringa joylashgan.

Shuningdek, «Valensiya» Gonsalu Gedesh va Rodrigoning gollari evaziga «Osasuna»ni mag‘lub etdi. «Selta» esa «Alaves» darvozasiga javobsiz oltita gol urdi.

«Real Sosedad» — «Real Madrid» 1:2
Gollar:
0:1 – 50, penalti Ramos, 0:2 – 70 Benzema, 1:2 – 83 Merino.

«Real Sosedad»: Remiro, Lorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).

«Real Madrid»: Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lorente (48), Modrich (90+4), Merino (90+7).

«Selta» – «Alaves» 6:0
Gollpr:
1:0 – 14 Murilo, 2:0 – 20, penalti Aspas, 3:0 – 40 Rafinya, 4:0 – 41 Rafinya, 5:0 – 78, penalti Nolito, 6:0 – 86 Santi Mina.

«Valensiya» — «Osasuna» 2:0
Gollar:
1:0 – 12 Gedesh, 2:0 – 35 Rodrigo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Real» safarda «Sosedad»ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi