2 744
O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi
Foto: Twitter
O‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yarim o‘rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun jang olib boradi.
Unga rossiyalik sobiq Jahon chempioni Sergey Lipines (16-1, 12 KO) raqiblik qiladi. Bu haqda rossiyalik sportchining menejeri Aleks Vaysfeld ma’lum qilgan. Jangning qachon va qayerda o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas.
Ayni damda ushbu vazn toifasida IBF kamariga Errol Spens (26-0, 21 KO) egalik qiladi.
Yengilmas Abduqahhorov so‘nggi jangini 2019 yilning oktabr oyida o‘tkazgan va unda amerikalik Luis Kollazoni 10-raundda taslim etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar sanaladi. U 2019 yilning 30 mart kuni Filadelfiyada o‘tkazilgan boks oqshomida yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) mag‘lub etib da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!