18:15 / 25.06.2020
2 530

Eshitdik-da! 2021 yilda Superligani 4ta klub tark etishi mumkin

Eshitdik-da! 2021 yilda Superligani 4ta klub tark etishi mumkin
Keyingi yilgi O‘zbekiston chempionatida ishtirokchi klublar soni qisqarishi kutilmoqda.
Eshitishimizga qaraganda, 2021 yilgi Superligada 14ta klub qatnashadi va mavsum so‘nggida 4ta klub quyi ligaga tushadi. O‘z navbatida PRO ligadan 2ta klub Superligaga chiqadi. Shu tariqa 2022 yil O‘zbekiston chempionatida 12ta klub ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, faqat bir marta 2018 yilgi O‘zbekiston Superligasida ham 12ta klub qatnashgan edi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi mavsumda Coca Cola Superligasida so‘nggi o‘rinni olgan klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyi ligaga tushadi, 13-o‘rinni band etgan klub esa PRO ligada 2-o‘rinni egallagan klub maydonida pley-off uchrashuvini o‘tkazadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eshitdik-da! 2021 yilda Superligani 4ta klub tark etishi mumkin