11:05 / 26.06.2020
2 372

«Liverpul» 30 yil deganda Angliya chempioni bo‘ldi

«Liverpul» 30 yil deganda Angliya chempioni bo‘ldi
«Chelsi» - «Manchester Siti» (2:1) o‘yinidan keyin «Liverpul» Angliya Premer-ligasi joriy mavsumi yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni naqd qildi.
«Liverpul» klubi oradan 30 yil o‘tib, Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. «Qizillar» tomonidan erishilgan so‘nggi g‘oliblik bundan 30 yil avval – Angliya milliy chempionati hali Premer-liga nomini olmagan 1990 yilda ro‘y bergandi.

«Liverpul» joriy yilgi mavsumdagi sovrin bilan 19 karra Angliya chempioniga aylandi. Yurgen Klopp jamoasi bu borada Premer-ligada faqatgina bitta klub - «Manchester Yunayted»dan ortda qolmoqda. «Qizil iblislar» hisobida 20 karra Angliya chempionligi mavjud.

Ma’lumot uchun, liverpulliklar Yurgen Klopp jamoaga kelgan 2015 yilgi mavsumdan so‘ng 4ta turnirda zafar quchishdi: Chempionlar ligasi-2018/19, UYEFA Superkubogi-2019, klublar o‘rtasidagi JCH-2019 va Premer-liga-2019/20 mavsum g‘olibligidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» 30 yil deganda Angliya chempioni bo‘ldi