00:07 / 30.06.2020
2 181

Xavi: «Barselona»ni boshqarishga tayyorlanyapman...»

Xavi: «Barselona»ni boshqarishga tayyorlanyapman...»
Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes «Barselona» klubini boshqarishga umid qilayotganligini yashirib o‘tirmadi.

«Eng katta orzum - «Barselona» bosh murabbiyiga aylanish. Jonajon klubimga yana muvaffaqiyat qozonish uchun qaytmoqchiman. Katta loyihani noldan boshlash uchun barcha sharoitga ega bo‘lishni istardim. Men va murabbiylar shtabim shunga tayyorlanyapmiz. Bu haqda ko‘p aytganman, «Barsa»ni boshqarish ulkan sharaf bo‘lardi.

«Barselona»ga klubdagi yangi prezidentlik saylovlaridan keyin qaytish – eng qulay fursat bo‘lardi. Yanvar oyida ham Kataloniya klubi rahbariyatidan taklif bilan chiqishgandi, biroq o‘shanda Qatardan ketish mavridi emasdi. Umid qilamanki, ular meni hali yana chaqirishadi», - deya Xavining so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.

Ma’lumot uchun, Xavi 1998-2015 yillarda «Barselona»da to‘p surib, 767 o‘yinda 85 ta golga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi: «Barselona»ni boshqarishga tayyorlanyapman...»