23:15 / 02.07.2020
2 175

Muhsin Muhammadiyev: "Iste’fo? Jamoa mag‘lub bo‘lsa muxlislar norozi bo‘lishlari tabiiy"

Muhsin Muhammadiyev: "Iste’fo? Jamoa mag‘lub bo‘lsa muxlislar norozi bo‘lishlari tabiiy"
"Buxoro" - "Metallurg" (1:4) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bunday yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrash juda ham alamli. Agar birinchi taymda o‘yinimiz futbolga o‘xshagan bo‘lsa-da, ikkinchi taymda penaltidan gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin jamoamiz butunlay "parchalanib" ketdi. Afsuski shunday bo‘lib turadi, barcha mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Hisob o‘yinga mos emas. Penaltidan gol o‘tkazganimizdan keyin o‘yinni tashlab qo‘ydik va oldinga qarab yugurdik. Takrorlayman natijaga bosh murabbiy aybdor", - deydi Muhammadiyev.

- Ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin buxorolik muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda negativ fikrlar yozishmoqda. Sizning ketishingizni so‘rashmoqda...
- Muxlislar sevimli jamoasi mag‘lub bo‘laversa har doim norozi bo‘lishadi. Sal oldin ham aytdim, barcha mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman.

- "Mash’al" yaratib bergan sharoitlar haqida qanday fikrdasiz?
- Sharoitlar yaxshi faqat maydondagi maysa juda baland. Bu ikkala jamoaga ham qiyinchilik tug‘dirdi.

- Legionerlar qachon kelishadi?
- Yangiliklarni kuzatib borasizmi? Yo‘llar yopiq bo‘lsa qanday kelishadi? Aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilsa kelishadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhsin Muhammadiyev: "Iste’fo? Jamoa mag‘lub bo‘lsa muxlislar norozi bo‘lishlari tabiiy"