23:30 / 02.07.2020
1 886

Andrey Shipilov: "Shahzod Ubaydullayev hali bor imkoniyatni namoyish etgani yo‘q"

Andrey Shipilov: "Shahzod Ubaydullayev hali bor imkoniyatni namoyish etgani yo‘q"
"Buxoro" - "Metallurg" (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida qatnashdi.
Doim o‘z jamoamdan va murabbiylar shtabidan har bir o‘yinga, raqib musobaqa jadvalida qanday o‘rindaligidan qat’iy nazar maksimal tarzda ishlashni talab qilaman. Bugun butun shtab va jamoam ilk daqiqadan oxirigacha bor kuchi bilan o‘ynadi. Uzoq yo‘l bosib keldik, ob-havo ham issiq. Futbolchilardan maksimal yondoshuv so‘rayapmiz. Shundagina natijaga erisha olamiz. Boshqa yo‘l yo‘q.

Bugun futbolchilar maydonga tushishdi va o‘z ishini qildi, natijaga erishdik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlash kerak, shunday tarzda butun mavsum davomida ishlash kerak. Mana shunda jamoa rivojlanadi", - deydi Shipilov.

- Shahzod Ubaydullayev haqida qanday fikrdasiz?
- U bilan ko‘p suhbatlashamiz. U asta-sekin jamoaga qo‘shilib bormoqda. Ubaydullayev hali bor imkoniyatini namoyish etgani yo‘q. U bilan individual tarzda ham ishlayapmiz, jamoaviy tarzda ham. Shahzod oldiga aniq maqsad qo‘yilgan, unda stimul bor.

- Hakam bilan kichik tortishuv bo‘ldi...
- Bo‘sh tribunalar ostida bosh murabbiyning gaplari eshitilib turadi. Shu bois hakam menga murojaat qildi. Men doim jamoamni ruhlantirib boraman, bunga o‘rganganman, hisob qanday bo‘lishidan qat’iy nazar.

- "Mash’al" stadionidagi sharoitlar haqida fikringiz qanday?
- Qashqadaryodagi barcha klublar uyida mehmon bo‘lsak doim barchasi ajoyib bo‘ladi. Nuriddin Zayniyev boshchiligida yaratilgan infrastruktura hamon ajoyib holatda. Shunday ibora bor: sahro o‘rtasida atirgullar ochilmoqda. Barchasi ajoyib, baho 5+.

- O‘tgan mavsumda "Metallurg" Qarshida "Nasaf"ni ranjitgan edi. Oldinda "Nasaf" bilan o‘yin kutib turibdi.
- Hozir bugungi g‘alabadan keyingi ijobiy hissiyotlarni yengib o‘tish kerak. "Nasaf" ajoyib klub va o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadigan jamoa. Ajoyib stadionga ega. "Nasaf" bugungi kunda o‘zbek futbolida yetakchi. Biz barcha klublarni hurmat qilamiz va hech kimdan qo‘rqmaymiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Shahzod Ubaydullayev hali bor imkoniyatni namoyish etgani yo‘q"