23:43 / 02.07.2020
2 772

Andrey Kanchelskis: "Stadionimiz direktori "Navbahor"ga qarshimi? O‘tkir Yusupov bugun "basseyn"da cho‘mildi"

Andrey Kanchelskis: "Stadionimiz direktori "Navbahor"ga qarshimi? O‘tkir Yusupov bugun "basseyn"da cho‘mildi"
"Navbahor" - "So‘g‘diyona" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.
"Og‘ir o‘yin. "So‘g‘diyona" bizdan bir kun ko‘proq dam olgani baribir o‘z so‘zini aytdi. Futbolda mayda narsalar bo‘lmaydi.

Klubdagilar "Navbahor" uchun ishlaydimi yoki qarshimi? Aytinglar stadionimiz direktori maydonni nima qildi? Maysa qaysidir joyda o‘rilgan, qaysidir joyda o‘rilmagan...Yana jarima maydonimizga suv quyishgan, O‘tkir "basseyn"da cho‘milib oldi. Bu sharmandali holat!
O‘yinga kelsak yigitlarga rahmat, xohish kuchli bo‘ldi.

Keyingi turda "Bunyodkor"ga qarshi o‘ynaymiz. O‘tgan yil ular bizni ikki bor ranjitishgandi. Yaxshi jamoa, ularga qarshi bugundan boshlab tayyorgarlik ko‘ramiz.
Maydonda biz emas futbolchilar o‘ynashadi. Agar futbolchilarni to‘g‘ri yo‘naltira olsak barchasi yaxshi bo‘ladi.

Agar o‘yin 45 daqiqa davom etganida biz 45 daqiqaga tayyorgarlik ko‘rardik. Hozir 90 daqiqaga tayyorlanayapmiz. Qaysi daqiqada gol urishning farqi yo‘q. Raqib futbolchilarida kuch qolgunicha qarshilik ko‘rsatadi.

Ikkinchi davra oldidan tarkib kuchaytiriladimi? O‘sha paytga yetib olaylik, hozircha mana shu yigitlar bilan o‘ynaymiz. Har kuni pandemiya tufayli yangi xabarlar chiqmoqda. Hali tarkibimizdagi barcha futbolchilarga to‘liq imkoniyat berilmadi va biz yangilar haqida o‘ylayapmiz. Bu noto‘g‘ri", - deydi Andrey Kanchelskis.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: "Stadionimiz direktori "Navbahor"ga qarshimi? O‘tkir Yusupov bugun "basseyn"da cho‘mildi"