23:58 / 02.07.2020
2 364

Shota Arveladze: "3 ta gol sizga kam ko‘rinayotgani yaxshi. Bu jamoaning yutug‘i"

Shota Arveladze: "3 ta gol sizga kam ko‘rinayotgani yaxshi. Bu jamoaning yutug‘i"
"Paxtakor" - "Surxon" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bugungi o‘yin yaxshi o‘tdi, raqib himoyadan to‘p tepdi va qarshi hujumda o‘ynashga urindi. Biz o‘yinda to‘liq nazoratni qo‘lga oldik. Ayniqsa, dastlabki 20 daqiqada gol urishimiz mumkin edi. Penaltidan gol o‘tkazib yubordik. Hayriyatki, chiroyli kombinatsiyalar evaziga ketma-ket 2 ta gol urishga erishdik. O‘ylaymanki, haqli g‘alabaga erishdik", - deydi Arveladze.

- "Surxon"ning bugungi o‘yini haqida
- Jamoa himoyadan o‘ynadi va qarshi hujumda o‘ynashga urindi. Shuningdek, ularda jarima zarbalaridan yaxshi foydalana oladigan futbolchi bor. Yana "Surxon" standart vaziyatlardan yaxshi o‘ynay oladi.

- Jamoada vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo foydalana olishda oqsashlar bor...
- 3 ta gol sizga kam ko‘rinayotgani yaxshi. Bu jamoaning yutug‘i. Hamma zarbalar golga aylanaversa, qiziq bo‘lmasdi. "Paxtakor"dan ko‘p narsa kutishadi va bu bizni xursand qiladi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "3 ta gol sizga kam ko‘rinayotgani yaxshi. Bu jamoaning yutug‘i"