08:00 / 03.07.2020
1 971

APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)

APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)
Angliya chempionatida 32-turning markaziy o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan «Liverpul»ni qabul qilgan «Manchester Siti» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kevin De Bryune, Fil Foden va Rahim Sterling bittadan gol urishdi. Chemberlen esa o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Bu g‘alabadan so‘ng «Siti»ning ochkolari 66taga yetdi va «Liverpul» bilan farq 20 ochkogacha qisqardi.

Mersisayd klubi APL doirasida 4 ta gol o‘tkazib yuborishi so‘nggi bor 2017 yil oktabrida kuzatilgandi. O‘shanda Klopp shogirdlari “Tottenxem”ga 1:4 hisobida yengilgandi.

Qayd etish joiz, 2017 yil sentabrida “Liverpul” aynan “Manchester Siti”ga 0:5 hisobida yutqazgandi.

Manchester Siti – Liverpul 4:0
Gollar:
de Bryuyne (25, penalti), Sterling (35), Foden (45), Oksleyd-Chemberlen (66, avtogol), Mahrez (90+5).
Manchester Siti: Ederson, Uoker (Joau Kanselu, 73), Erik Garsiya, Mendi, Laport (Otamendi, 79), Foden, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling (Bernardu Silva, 79), Gabriel Jezus (Mahrez, 58).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold (Uilyams, 76), Gomes (Oksleyd-Chemberlen, 46), Veynaldum (Keyta, 62), Fabino, Xenderson, Mane (Minamino, 85), Firmino (Origi, 62), Salax.
Ogohlantirishlar: Gomes (24), Mendi (41), Uoker (57), Henderson (90).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)