20:11 / 03.07.2020
1 760

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2019 yil 4 dekabrda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Ushbu farmon ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash kabi ko‘plab masalalarga e’tibor qaratib, kutilayotgan yakuniy natijalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maqsad qilindi.

Futbolni atroflicha tahlil qilish natijasida mahoratli mutaxassislar yetishmasligi, zamonaviy futbolga zarur bo‘lgan yana bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar kamligi aniqlandi.

Shubhasiz, futbolning bugungi rivojlanish tendensiyasi mamlakatimizda yaratilgan futbol infratuzilmasini malakali sport menejerlarini tayyorlash tizimiga moslashtirishni davrning o‘zi ham talab etmoqda.

Shu bois, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi o‘z ishini boshladi. Bugun “Bunyodkor” stadionida ushbu markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, futbol faxriylari, terma jamoa murabbiylari, taniqli futbolchilar, markaz tinglovchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur markazda xalqaro futbol tashkilotlarining ishlab chiqqan dasturlari va sohadagi yetuk mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik ta’limi bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markaz mutaxassislari FIFA, UYEFA va OFKning trenerlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi xorijiy markazlarida muntazam stajirovka o‘tab borishi ta’minlanadi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi