06:30 / 05.07.2020
2 458

Ronaldu: "O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun ham jarimadan gol urishim kerak edi"

Ronaldu: "O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun ham jarimadan gol urishim kerak edi"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Torino"ga qarshi bahsda jarima to‘pidan muvaffaqiyatli foydalandi.
Bu uning "Yuve" libosida golga aylantirgan ilk jarima to‘pi edi. O‘yindan keyin portugaliyalik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men o‘zimga bo‘lgan ishonch hissining bir qismini qaytarish uchun jarimadan unumli foydalanishim kerak edi. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, yaxshi tayyorlandik, g‘alaba qozondik va "Latsio"ga bosimni oshirdik.

Gollarni kim urishi muhim emas, muhimi g‘alaba hisoblanadi. Biz yaxshi formadamiz va "Milan"ni ham yutishga harakat qilamiz. Keyingi o‘yin ham qiyin bo‘ladi
", – dedi Ronaldu Sky Sport Italia nashriga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun ham jarimadan gol urishim kerak edi"