22:02 / 05.07.2020
2 880

RPL. Oston O‘runovning «Ufa»si 93-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

RPL. Oston O‘runovning «Ufa»si 93-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: Twitter/@Ufafc
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 26-turida «Ufa» 5 iyul, yakshanba kuni o‘z maydonida «Ural» bilan bahs yuritdi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. 65-daqiqada maydon egalari bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Ionus Nedelcharu ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Otman al-Kabir «Ural»ni oldinga olib chiqdi.

Barchasi mehmonlarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Denis Terentev hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtirdi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa «Ufa» mag‘lubiyatsiz seriyasini oltita o‘yinga yetkazdi va 33 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.

«Ufa» — «Ural» 1:1
Gollar:
0:1 – 66 al-Kabir, 1:1 – 90+3 Terentev.

«Ufa»: Belenov, Suxov (Terentev, 46), Nikitin (Krugovoy, 78), Nedelcharu, Tabidze, Fomin, Golubev (Aliyev, 79), O‘runov, Yokich, Krotov (Putsko, 67), Bizyak (Agalarov, 63).

«Ural»: Godzyur, Vilyush, Kulakov, Kalinin, Bumal, Kuxarchik (Augustinyak, 58), al-Kabir (Zolotov, 89), Yegorichev (Panyukov, 86), Bikfalvi, Bavin (Yefremov, 57), Yemelyanov.

Ogohlantirishlar: Urunov (33), Nedelcharu (39), Terentev (49), Kalinin (60), Yokich (65), Bumal (71), Putsko (80).
Chetlatish: Nedelcharu (65).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RPL. Oston O‘runovning «Ufa»si 93-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi