16:53 / 06.07.2020
2 988

IBF reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinda?

IBF reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinda?
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo‘lqop ustalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingdan o‘zbekistonlik uch nafar bokschi o‘rin olgan, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati o‘z manbasiga tayanib.

Yangilangan reytingda ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliyev, shuningdek, WBA yo‘nalishi chempioni ham hisoblanadi.

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev oltinchi o‘rinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.

Yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog‘onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IBF reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinda?