23:30 / 07.07.2020
2 621

Ulug‘bek Baqoyev: "Sahob Rashidov uchun xursandman. Unga milliy terma jamoada o‘ynashini tilayman"

Ulug‘bek Baqoyev: "Sahob Rashidov uchun xursandman. Unga milliy terma jamoada o‘ynashini tilayman"
"So‘g‘diyona" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Andijon" bilan durang o‘ynadi, Namanganda yutqazdik, yigitlar kichik ruhiy o‘raga tushib qolishgandi. Shu bois futbolchilarimga rahmat. Bugun nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz kerak edi. Bugun mehmonlar posboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. G‘alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

- Bugun Sahob Rashidovga imkon berdingiz. Keyingi o‘yinlarda ham jizzaxlik yoshlarga ko‘proq imkon berishingizni tilayman.
- Barchamiz O‘zbekistonda yashaymiz. Nima uchun mahalliy yoki boshqa viloyatli futbolchilarga ajratishimiz kerak? Agar statistikaga qarasangiz 99 foiz o‘yinchilar maydonga tushishmoqda. Faqat Oybek Nurmatov jarohati bois maydonga tushmayapti.

- Sahob Rashidov haqida fikringiz... Jizzaxda bo‘lgan avvalgi o‘yinda so‘raganimda yoshlarga imkoniyat berish haqida aytgandingiz. Balki yana boshqalarni ham jalb qilarsiz...
- Agar mashg‘ulot jarayoni va oldingi o‘yinlarga e’tibor qilsangiz biz futbolchilarningi jismoniy holatini hisobga olamiz. Namangandagi o‘yindan keyin 5 nafar o‘zgarishni amalga oshirdik. Sababi toliqish kuchli bo‘ldi. Sahob Namanganda nega maydonga tushmadi? Shamollab qolgandi. Bugun unga imkon berdim va gol urganidan xursandman. Unga omad tilayman va milliy terma jamoa darajasiga chiqishini tilayman.

- Bugungi o‘yinda darvozabonni o‘zgartirdingiz. Avvalgi o‘yin Milan Mitrovich oldinga chiqib ketib xato qildi va gol o‘tkazgandi. Bu qarorga kelishingizga shu holat sabab bo‘ldimi?
- Yo‘q, shunchaki yigitlar ruhiy o‘radan chiqib olishlarini xohladik. Kimdir xato qilgani uchun zaxirada qolmadi. Futbolchi o‘ziga kelib oladi va yana o‘ynashda davom etadi. Bu futbol. Kim gol ura olmasa va ko‘proq xato qilsa yutqazadi.

- Shirinboy Abdullayev ishonchingizni oqlay oldimi?
- Ha yaxshi o‘ynadi. Besh balli tizimda besh ball qo‘yamiz.

- Iskandar Shoyqulov haqida fikrlaringiz.
- Biz bir jamoamiz. Alohida futbolchilarga to‘xtalib o‘tmoqchi emasman. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Sahob Rashidov uchun xursandman. Unga milliy terma jamoada o‘ynashini tilayman"