06:00 / 08.07.2020
3 114

“Shaxtyor” Yaxshiboyevni olish uchun eng zo‘r to‘purarini sotmoqda

“Shaxtyor” Yaxshiboyevni olish uchun eng zo‘r to‘purarini sotmoqda
Belarus chempionatida peshqadamlikni qo‘lga olgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi asosiy hujumchisi Vitaliy Lisakovichni Rossiya premer-ligasiga transfer qiladi.

To‘purarlar bahsida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev bilan raqobatlashayotgan futbolchiga Rossiyaning “Rostov”, “Lokomotiv”, SSKA va “Ural” kabi jamoalari qiziqish bildirmoqda.

“Shaxtyor” rahbariyati Lisakovich transferidan keladigan mablag‘ni “Energetik-BGU” to‘purari va Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyevni olish uchun sarflashni maqsad qilgan.

Bundan avval, Jasur Yaxshiboyev BATE va "Dinamo" jamoalari qiziqayotgani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Shaxtyor” Yaxshiboyevni olish uchun eng zo‘r to‘purarini sotmoqda