13:10 / 08.07.2020
3 015

O‘zbek legioneri eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi

O‘zbek legioneri eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi
Rossiyalik futbol ekspertlari Premer-liganing eng zo‘r dribling ustalarini aniqlandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Axmat” klubi o‘yinchisi Bernard Berisha bir uchrashuv davomida o‘rtacha 5,5 marta dribling ishlatadi va shundan 3 tasi muvaffaqiyatli chiqadi. Shuningdek, eng ko‘p dribling namoyish etadigan futbolchilar qatoridan Vanderson (“Krasnodar”), Nikola Vlashich (SSKA), Zelimxon Bakayev (“Spartak”) va Daniil Lesovoy (“Arsenal”) ham o‘rin olgan.

Rossiyalik mutaxassislar endi bu futbolchilar qatoriga "Ufa"ning o‘zbek legioneri Oston O‘runov ham qo‘shilganini ma’lum qildi. Oston bir o‘yinda o‘rtacha 3,4 marta dribling ishlatadi va shundan 2,3 tasi muvaffaqiyatli chiqadi.

Shu o‘rinda, O‘runov chempionatning yangi o‘yinchisi bo‘lgani uchun uning yettita uchrashuvdagi driblinglari hisobga olingan. Qolgan futbolchilar Ostonga qaraganda bir necha marotaba ko‘p uchrashuv o‘tkazgan.


Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek legioneri eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi