19:07 / 08.07.2020
2 337

«Milan» 31 yildan beri qayd eta olmagan natijasiga erishdi

«Milan» 31 yildan beri qayd eta olmagan natijasiga erishdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida «Milan» «Yuventus»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

«Milan» oxirgi marta Italiya chempionati doirasida 1989 yilning mart oyida «Yuventus» darvozasiga 4 ta gol urgan.
O‘shanda «rossoneri» Turin klubini 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng milanliklar «Yuventus» darvozasiga 4 ta to‘p kirita olmagan.

Mazkur g‘alabadan keyin «Milan» o‘z ochkolari sonini 49 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, mag‘lubiyatga qaramay «Yuventus» 75 ochko bilan 1-pog‘onani egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Milan» 31 yildan beri qayd eta olmagan natijasiga erishdi