13:53 / 09.07.2020
1 967

Eldor Shomurodov to‘p tepadigan «Rostov» Yaponiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

Eldor Shomurodov to‘p tepadigan «Rostov» Yaponiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi
Foto: «Tokio» FK
«Rostov» Yaponiyaning «Tokio» klubi bilan yarim himoyachi Kento Xasimoto transferi borasida kelishganini e’lon qildi. Bu haqida klub matbuot xizmatida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, tibbiy ko‘rikdan so‘ng «Rostov» 26 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Uning maydondagi asosiy pozitsiyasi tayanch yarim himoyasi hisoblanadi. Shuningdek, u markaziy yarim himoyachi va markaziy himoyachi sifatida ham o‘ynashi mumkin.

Transfermarkt portali Xasimotoni 1,2 million yevroga baholagan. Ammo tomonlar hozircha transferning rasmiy narxini ma’lum qilganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, Xasimoto «Tokio» safida umumiy hisobda 165 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yaponiya terma jamoasida esa 7 ta o‘yin o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov to‘p tepadigan «Rostov» Yaponiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi