00:24 / 10.07.2020
3 131

«Rostov» Eldor Shomurodov borasidagi 5 mln yevrolik taklifni rad etdi

«Rostov» Eldor Shomurodov borasidagi 5 mln yevrolik taklifni rad etdi
Foto: «Rostov»
«Rostov» Eldor Shomurodovni Belgiyaning «Gent» klubiga sotishni xohlamadi, deya xabar qilmoqda Sport24.

Xabar qilinishicha, «Gent» o‘zbekistonlik hujumchi uchun 5 million yevro taklif qilgan va bu miqdorni ikki yilda to‘lab bermoqchi bo‘lgan. «Rostov» transferdan darhol 2 million yevro ishlab olishi, bir yildan so‘ng 1,5 va ikki yildan keyin yana 1,5 million yevroga ega bo‘lishi mumkin edi. Biroq rus klubi ushbu taklifga o‘ylab ham o‘tirmay rad javobini bergan.

Avvalroq «Gent» Shomurodov transferi borasida «Rostov»ga taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Shomurodov 2017 yilning yozida «Bunyodkor»dan 300 ming yevro evaziga «Rostov» safiga o‘tgandi. Joriy mavsum futbolchi rostovliklar safida 27 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldorning «Rostov» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlari bo‘yicha futbolchining narxi 5,2 million yevroga teng.

Manba: Daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» Eldor Shomurodov borasidagi 5 mln yevrolik taklifni rad etdi