16:47 / 10.07.2020
1 761

Karantin sabab Superliganing uchta turi Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Karantin sabab Superliganing uchta turi Toshkentda o‘tkazilishi mumkin
Foto: PFL
O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) Coca-Cola Superliganing 10, 11 va 12-tur uchrashuvlarini markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazish rejasini ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 10 iyul sanasidan karantin cheklovlari kuchaytirilgach, klublarda avia va temir yo‘l qatnovlari bo‘yicha qo‘shimcha muammolar bo‘lishini hisobga olgan holda, shunday qarorga kelingan va bu borada klublarga rasmiy xat chiqarilgan.

«Markazlashgan holatda biz birinchi navbatda Superliga uchrashuvlari davomiyligini saqlab qolamiz, uchrashuvlarni va klublarni nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan qisman xalos bo‘lamiz. Bunda, albatta, IIV, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda MTRK, shuningdek, «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Paxtakor», OKMK va «Metallurg» klublarining qo‘llab-quvvatloviga, qolgan jamoalarning esa chempionat uchrashuvlari to‘xtab qolmasligi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarishlariga erishishimiz kerak bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Superliganing 8 turi o‘tkazildi. «Paxtakor» 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikdan esa OKMK (20) va «Bunyodkor» (16) joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karantin sabab Superliganing uchta turi Toshkentda o‘tkazilishi mumkin