00:13 / 13.07.2020
1 785

Ravshan Haydarov: “Uy o‘yinlarini o‘z maydonimizda o‘tkazishni istagandik. Lekin...”

Ravshan Haydarov: “Uy o‘yinlarini o‘z maydonimizda o‘tkazishni istagandik. Lekin...”
9-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” hamda “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.
"O‘yinni ahamiyati juda yuqori edi. "Andijon" uchun ham g‘alaba zarur edi. Olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. Jadvalda yonma-yon turgan jamoalar uchrashdi. Biz uchun muhimi g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Shu sababli, g‘alabaga mos o‘yin o‘tkazishga qaror qilgandik. Yigitlarimiz ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajarishdi. Ular meni talablarimni va qarashlarimni tushunib borishmoqda",- deya gap boshladi Ravshan Haydarov.

- “Surxon” so‘nggi daqiqalarda o‘yin vaqtini cho‘zgandek tuyuldi...
- Buni o‘yin cho‘zish demagan bo‘lardim. Men darvozabondan doim to‘pni egallab olib, sheriklarini izlashlarishi so‘rayman. Chunki, to‘pni tepib yuboravergandan foyda nima? Shu sababli, u shunday qildi. Ataylab o‘yinni cho‘zgani menga sezilmadi. Jarohat olib charchab qolgandir. Bu futbolda bo‘lib turadigan oddiy hol deb bilaman.

- Chempionatni markazlashtirish haqida qanday fikrdasiz?
- Taqvim borasida rejamiz bo‘yicha Termizda ikkinchi o‘yin o‘tkazishimiz kerak edi. Uy o‘yinlarini o‘z maydonimizda o‘tkazish niyatida edik. Lekin, pandemiya kuchayib borayotgani uchun buning imkoniyati yo‘qqa o‘xshaydi. Albatta qarorni PFL qabul qiladi.

- "Surxon" jamoasiga kimning taklifi bilan keldingiz?
- "Surxon" klubi rahbariyatining taklifiga ko‘ra keldim.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: “Uy o‘yinlarini o‘z maydonimizda o‘tkazishni istagandik. Lekin...”