00:16 / 13.07.2020
1 708

Andrey Shipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"

Andrey Shipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"
"Metallurg" va "Sug‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nima ham deyishim mumkin? Ikkita ajoyib gol urdik va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola oldik. "Sug‘diyona" bilan o‘yinga jiddiy tayyorlangandik. O‘ziga hos markaziy o‘yin desa ham bo‘ladi. Jizzax jamoasi yaxshi shakllangan, agressiv futbol ko‘rsatadi. Tarkibida mahoratli futbolchilar bor.

Ha, "Nasaf" bilan o‘yindan keyin biroz kayfiyatimiz tushdi. Muhimi bu o‘yinga yaxshi tiklana oldik. Ha, bugun biroz xotirjam to‘p tepdik. Maydon holati ajoyib edi. Faqat maydonga chiqib yutishimiz kerak edi. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Muhim va zarur bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritganimiz bilan bollarni tabriklayman.

Ikkita hujumchi bilan o‘ynaganimiz nima bilan bog‘liq? Ha, bugun shunaqa fors-major holatiga tushib qoldik. Salamat Quttiboyev ertalab o‘zini biroz yomon his qildi. Boshlang‘ich tarkibda shunday o‘zgarishlar bo‘lishi raqib uchun kutilmagan holat bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘rinbosarlar jamoasi? Men bu yerda uchinchi yil ishlashim. O‘rinbosarlar jamoasidagi aksariyat futbolchilar asosiy jamoa bilan birga shug‘ullanadi. Yig‘inlarda, safarlarda biz bilan birga bo‘lishadi. Ularni orasida 2000, 2001 yilda tug‘ilgan futbolchilar ham bor. Hali mavsum uzoq. Orada yuzaga kelga tanaffusda seleksiya ishlarini olib boramiz. 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan o‘yinchilarni ham jalb qilamiz.

Davron Anvarovni avvalgi turlarda ham maydonga tushirmoqchi edim. Uni debyuti muvaffaqiyatli chiqqani bilan tabriklayman",- deydi Andrey Shipilov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"