21:53 / 13.07.2020
3 290

Bosh murabbiy: “Shaxtyor”da Yaxshiboyev penalti tepmaydi!

Bosh murabbiy: “Shaxtyor”da Yaxshiboyev penalti tepmaydi!
Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi murabbiyi Yuriy Vernidub jurnalistlar bilan suhbatda jamoasiga yangi qo‘shilgan futbolchilar va ularning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.

Xususan, jamoaning ikki futbolchisi – Jasur Yaxshiboyev va Vitaliy Lisakovich to‘purarlar bahsida bellashayotgani bois penalti bo‘lsa, uni kim tepishi haqidagi savolga Vernidub quyidagicha javob berdi.

- Prinsipimiz doimo bir xil: biz bir jamoamiz. Hech kim alohida yulduz emas, balki butun jamoa bilan yulduzmiz. Shu paytgacha penaltini Vitaliy tepib kelgan va bu ishini davom ettiradi. Har bir uchrashuv oldidan 11 metrli nuqtadan kim zarba yo‘llashini o‘zim aytaman. Agar Lisakovich o‘zini yaxshi his qilmayotgan bo‘lsa, penaltini Ivanovich tepadi, - dedi Vernidub.

To‘purar bahsida 10 ta gol bilan yetakchilik qilayotgan Jasur Yaxshiboyev sobiq jamoasi “Energetik-BGU”ning asosiy penaltichisi hisoblanardi. U minskliklar tarkibida to‘rtta golni 11 metrlik nuqtadan kiritgan edi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bosh murabbiy: “Shaxtyor”da Yaxshiboyev penalti tepmaydi!