23:22 / 13.07.2020
2 502

Shota Arveladze: "Masharipov biz uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti"

Shota Arveladze: "Masharipov biz uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti"
Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
"Chempionatning ikki yetakchi jamoasi o‘yin olib borishdi, qiyin o‘yin bo‘ldi va shunday bo‘lishi ham kutilgandi. Vaziyatlarni yodga oladigan bo‘lsak, bizda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Masalan, birinchi bo‘limda 0:0 bo‘lib turganida, keyin o‘tkazib yuborilgan goldan keyin...

Jamoada energiya ko‘rinmadi, bu albatta, xavotirli. Birinchi bo‘limda 4-5 ta xavfli vaziyatlar bo‘ldi, faqat gol urish kerak edi, xolos. Raqib qarshi hujumda yaxshi o‘ynadi. Umuman olganda, ochkoga ega bo‘lganimizdan qoniqish hosil qildim. O‘yinimizdan esa aksincha", - deydi Arveladze.

"Ha, "Paxtakor"da ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, lekin buni omad yetishmagani bilan bog‘lamagan bo‘lardim. AGMK himoyachilari yaxshi o‘ynashdi, darvozabon ham juda yaxshi o‘ynadi va ko‘p vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. Bugun ikki ochko yo‘qotish bilan birga bir ochkoga ega bo‘lganimizni ham unutmaslik lozim”.

"Paxtakor"ni sentabrda Chempionlar Ligasi kutib turibdi...
Hali buni o‘ylashga erta, ayniqsa, hozirgi davrda. Iyul, avgust, sentabr... Menimcha, avvalo, keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz kerak. Futbolda eng muhimi - keyingi o‘yin.

Igor Sergeyev haqida
"Igorning o‘yini menga yoqyapti, u hech kimga yoqmagan paytida unga imkoniyat taqdim etdim, balki keyingi o‘yinda asosiy tarkibda tushishi mumkin, ko‘ramiz.

Jaloliddin Masharipov haqida
Yulduz bo‘lish qiyin. Sen bir kun yomon o‘ynasang, hamma eslab qoladi. To‘g‘ri, bugun u yaxshi o‘ynolmadi. Biz unga tushuntiramiz va uning o‘zi ham buni to‘g‘ri tushunadi, lekin u ancha harakat qildi. Masharipov biz uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti. Biz o‘tgan yilgi gollarimizning yarmini uning uzatmalaridan keyin urganmiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Masharipov biz uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti"