06:57 / 14.07.2020
1 949

Tachmurod Agamurodov: "Penaltiga e’tirozim bor"

Tachmurod Agamurodov: "Penaltiga e’tirozim bor"
Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun jamoam ko‘rsatgan o‘yindan qoniqdim. Maydonda ko‘ldan kelganicha kurashishdi. "Navbahor" chempionatimizning yetakchi jamoalaridan biri sanaladi. Yuqori o‘rinlar va OCHL uchun kurashmoqda. Biz esa hozircha jon saqlab qolish yo‘lida kurash olib boryapmiz. Biz oldimizga qo‘yilgan vazifa yo‘lida harakat qilamiz. Bugun birgina penalti barchasini hal qildi.

Chempionatni markazlashgan holatda o‘tkazish? Shunday qarorga kelishgan ekanmi, demak barchasi bizni va futbolchilarni sog‘ligini o‘ylab qilinmoqda. Futbol rahbarlari, mutasaddilar insonlarni havfsizligini o‘ylagan holatda qaror chiqarishmoqda deb o‘ylayman. Haqiqatdan ham rasman shunday yo‘l tutilsa buni to‘g‘ri deb bilaman. Chempionatni qanday davom ettirish haqidagi qarorni biz chiqarmaymiz. Buni rahbarlar hal qiladi. Bizga farqi yo‘q. Masalan, bugun ham uzoq masofa bosib Namanganga keldik.

Ha, jamoani og‘ir ahvolda qabul qilib oldim. Boz ustiga taqvim ham biz uchun biroz noqulay edi. Restartdan so‘ng yuqori o‘rinlardagi jamoalar bilan o‘ynadik. "Paxtakor", AGMK va hokazo. Lekin, jamoam harakat qilmoqda. Og‘ir vaziyatdan chiqib olish uchun intilmoqda. Agar biz shunday bor kuchimiz bilan itilishda davom etsak tushkun holatdan chiqib keta olamiz. Transferlar oynasi vaqtida jamoamizni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni taklif qilamiz. Yaxshi futbolchilarsiz ideal murabbiy ham natija qila olmaydi.

"Navbahor"ni o‘yini haqida biror bir fikr bildirishim uchun men shu jamoani ichida bo‘lishim kerak. Bugungi o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, menimcha hakam penaltini belgilashda noto‘g‘ri qaror chiqardi deb o‘ylayman. Albatta, hakamlarni nazorat qiladigan qo‘mita bor. Meni yagona e’tirozim shu vaziyatga. Ikki futbolchini boshi bilan to‘qnashib ketishi sabab o‘yinni to‘xtatish noo‘rin. Hakam qo‘yib berishi kerak edi", - deydi Tachmurod Agamurodov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tachmurod Agamurodov: "Penaltiga e’tirozim bor"