19:20 / 14.07.2020
3 352

Eldor Shomurodovga qiziqayotgan klub yanada yaxshiroq taklif tayyorlamoqda

Eldor Shomurodovga qiziqayotgan klub yanada yaxshiroq taklif tayyorlamoqda
Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Belgiya klubi qiziqish bildirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizni "Gent" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Hujumchi uchun belgiyaliklar "Rostov"ga 6 million yevro berishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, Belgiya vitse-chempioni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi uchun “Rostov”ga 5 million yevrolik rasmiy taklif yuborgani borasida xabar bergandik. Qolaversa, "Gent" vakillari ushbu summani ikki mavsum davomida bo‘lib to‘lashini bildirgan. “Rostov” rahbariyati Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha bu taklifni rad etgandi.

Endi esa xaridor tomon Shomurodovning transferiga 1 million yevro qo‘shishini bildirgan. Agar transfer amalga oshsa, hamyurtimiz YECHLda o‘ynashi mumkin. Sababi "Gent" yangi mavsumni YECHL saralashidan boshlaydi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodovga qiziqayotgan klub yanada yaxshiroq taklif tayyorlamoqda