22:23 / 14.07.2020
2 159

Dilyaver Vaniyev: "Futbolda gol urmasa g‘alaba qozonish qiyin"

Dilyaver Vaniyev: "Futbolda gol urmasa g‘alaba qozonish qiyin"
Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Mash’al" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Barchaga hayrli kech. Hozirgi holatimni tushunmasligingiz tabiiy. Bugun bizga g‘alaba juda zarur edi. O‘yindan oldin biroz bosim bor edi. Ancha vaqtdan beri g‘alaba qozona olmayotgan edik. Yigitlardan o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishlarini iltimos qilgandik. Rejadan tashqariga chiqmagan holda harakat qilishni buyurgandik. G‘alaba bilan shogirdlarimni va muxlislarni tabriklayman.

"Mash’al" "Lokomotiv"ni safarda oxirgi marotaba mag‘lub etganida men futbolchi sifatida Oliy ligada to‘p tepayotgan edim. O‘sha paytlar "Lokomotiv" hozirgidek emasdi. Keyin ular moliyaviy tomondan ancha barqaror klubga aylandi. Uch mavsum davomida chempionlikni hech kimga berishmadi. Ularni o‘yin falsafasini va uslubini oldindan bilardim. To‘pni olib qo‘yishadi va bo‘sh hududlar orqali hujumlarni rivojlantirishadi. Hozir futbolda kim ko‘proq to‘pni nazorat qilsa, vaziyatlardan foydalansa o‘sha jamoa g‘olib chiqmoqda.

Endi barchasini unutib Muborakka yo‘l olamiz va navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Yozgi transferlar oynasi vaqtida yuqori saviyadagi futbolchini olib kelish qiyin masala. Lekin, bu borada ishlar davom etadi, to‘xtamaydi.

Legionerlar bilan muloqot qilishda muammoga uchramayapmiz. Ella Kenni turmush o‘rtog‘i Ukrainadan. Shu bois u bilan rus tilida muloqot qilamiz. Ushbu futbolchi orqali Ifeaniy bilan gaplashamiz.

To‘rtta o‘yinda gol ura olmayotganimiz jamoaga juda katta bosim qilayotgandi. Shaxsan o‘zimga yosh murabbiy sifatida bu jarayonni boshdan o‘tkazish oson bo‘lmadi. Bollarga ham aytdim. Futbolda gol urish kerak, gol urmasangiz g‘alaba qozona olmaysiz",- deydi Dilyaver Vaniyev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dilyaver Vaniyev: "Futbolda gol urmasa g‘alaba qozonish qiyin"