22:35 / 14.07.2020
1 890

Andrey Fyodorov: "Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik"

Andrey Fyodorov: "Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik"
Coca Cola Superligasining 9-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Mash’al" (0:1) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun juda yomon o‘ynadik Bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman, ammo oxirgi 2 o‘yinda o‘yinimiz umuman o‘xshamadi. O‘yinlarni tahlil qilib, ko‘rib chiqamiz. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, biroq foydalana olmadik.

"Mash’al" yaxshi o‘ynadi va ijobiy natijaga erishib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Hech qachon hakamlar ustidan shikoyat qilmaganman, bugun ham unday qilmoqchi emasman.
Bir necha o‘yindan beri ko‘p sariq kartochkalar olyapmiz. Har bir o‘yinga kamida 4 ta ogohlantirish to‘g‘ri kelyapti.

Bugungi o‘yinga kelsak, 30-daqiqada raqib qo‘polligi uchun ikkinchi sariqni olishi va maydondan chetlatilishi zarur edi. Chunki vaziyat kamiga sariq kartochkaga tortardi, lekin unday qilinmadi. Men bu bo‘yicha hakamga murojaat qilsam, ular vaziyatni komissiya yordamida ko‘rib chiqib, bir qarorga kelishlarini aytishdi", - deydi Fyodorov.

- Marat Bikmayev nima uchun maydonga tushirilmadi?
- Afsuski, mashg‘ulotlardan birida uning eski jarohati bezovta qilib qoldi va o‘yinda qatnasholmasdi. U zaxirada bor edi, biroq uning sog‘ligi bilan tavakkal qilishni istamadik.

- "Lokomotiv" bu mavsum 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, shulardan 3 tasi "Buxoro", "Qizilqum", "Andijon", ya’ni hali g‘alaba qozonmagan jamoalar edi.
- Biz kuchsiz jamoalarga qarshi o‘ynadik deyolmayman, oldin ham aytganimdek, uydami-safardami hech bir jamoa sizga ochkolarni shunchaki berib qo‘ymaydi, bu uchun kurashish kerak. Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik.

- Iste’fo haqida o‘ylamayapsizmi?
- Yo‘q, siz-chi? Lekin men o‘ylaganim yo‘q.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik"