00:06 / 15.07.2020
2 506

Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ga o‘xshagan tezkor jamoa O‘zbekistonda yo‘q"

Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ga o‘xshagan tezkor jamoa O‘zbekistonda yo‘q"
Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirdi.
"His-hayajonlarga to‘la, asablarni tarang qiladigan og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ro‘ziqul aka Berdiyev ajoyib tezkor va agressiv jamoa tuzgan. O‘zbekistonda bunchalik tezkor futbolchilarga ega jamoa yo‘q. "Nasaf" qarshi hujumlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. Ularni o‘yinini o‘rganib chiqib bugun ikkita hujumchi bilan emas, bitta hujumchi bilan maydonga tushdik. Qaysidir vaziyatlarda bu o‘zini oqladi. Yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ikki bor hisobda orqada borayotib mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Afsuski, oxirgi daqiqada yosh hujumchimiz Hamidullo Abduhamidov vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Umuman olganda taktik jihatdan yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Bamba o‘tgan AGMK bilan o‘yinda zahiradan tushib o‘yinimizni kuchaytirgan edi. Shuning uchun uni boshlang‘ich tarkibga kiritgan edim. Yakuba bugun o‘z darajasidagi o‘yinni ko‘rsata olmadi. Ayrim vaziyatlarda to‘pni yo‘qotib qo‘ydi. Natijada "Nasaf"ni qarshi hujumlarini qo‘yib yubordik. O‘yinda dastlabki golni mehmonlar kiritgani uchun rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritdik. Ikkinchi bo‘limda rejamiz bo‘yicha 15 daqiqalardan keyin Muzaffarovni tushirmoqchi edik. Durang bo‘lib turgan vaziyatda ikkinchi hujumchini tushirishni o‘ylagandik.

Bizda ikki nafar teng kuchli darvozabonlar bor. Ularni sport formalarini birdek ushlab turish uchun ham har ikkalasiga imkoniyat taqdim qilyapmiz. Ularni imkoniyati teng. Ikkala darvozabonga o‘yin amaliyoti berishga qaror qilyapmiz.

Ivan Yosovich mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Shuning uchun uning o‘rniga boshqa futbolchini maydonga tushirdik. Oybek Rustamovni himoyaga qo‘ydik. U himoyada ham bemalol o‘ynay oladi. Markaziy himoya pozitsiyasida muammo yo‘q bizda. Akbarov, Holmuhammedov, Yoqubovlar markaziy himoyada o‘ynay oladi.

Tarkibimizda Rayevas, Yosovich kabi gavdali futbolchilarimiz bor. Shuningdek, jarima zarbalalarini mukammal amalga oshiradigan ijrochilarimiz yetarli. Bobur Akbarov "Bunyodkor" bilan o‘yinda avtagol urgandi. Bugun mana gollari bilan muxlislar oldida yuzini yorug‘ qildi", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ga o‘xshagan tezkor jamoa O‘zbekistonda yo‘q"