15:35 / 15.07.2020
2 622

Xalk “Shanxay SIPG”ni tark etmoqda. Odil Ahmedovchi?

Xalk “Shanxay SIPG”ni tark etmoqda. Odil Ahmedovchi?
“Shanxay SIPG”ning braziliyalik futbolchisi Xalk joriy yilning oxirida shartnomasi tugaganidan keyin jamoani tark etishini bildirdi.
- Klub rahbariyatiga shartnomani uzaytirmasligimni bildirdim. Qator mamlakatlar, hatto Yevropaning Chempionlar ligasida qatnashadigan yirik klublaridan takliflar bo‘lmoqda. Men Xitoyda boshqa futbol o‘ynamayman. O‘zimni baxtiyor his qiladigan jamoa topa olaman, - dedi Xalk.

Xalk singari Rossiya chempionatidan Xitoyga ko‘chib o‘tgan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning ham shartnomasi shu yil oxirida nihoyasiga yetadi. Odil jurnalistlar bilan suhbatlarning birida kelajagi haqida fikr bildirgan.

Terma jamoamiz sardori agar hammasi ko‘ngildagidek kechsa, “Shanxay SIPG” bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini, lekin Xitoydan qaytadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda o‘ynashini ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalk “Shanxay SIPG”ni tark etmoqda. Odil Ahmedovchi?