16:53 / 16.07.2020
2 570

Nurmagomedov otasining vafotidan so‘ng ilk bor super jangda qatnashadi

Nurmagomedov otasining vafotidan so‘ng ilk bor super jangda qatnashadi
UFC chempioni Habib Nurmagomedov divizionning muvaqqat chempioni Jastin Getji bilan sentyabr oyida Las-Vegasda jang qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, chempionlik kamari uchun bo‘ladigan bellashuv 19 sentyabr kuni AQShning Nevada shtatidagi “UFC Apex” arenasida tashkil etiladi.

31 yoshli Habib MMA janglarida 2008 yildan buyon qatnashib kelmoqda. Odatda uni bellashuvlarga otasi Abdulmanap Nurmagomedov ham tayyorlardi. Lekin yaqinda tajribali murabbiy koronavirus ta’sirida uzoq vafot etdi. Habib faoliyati davomida 28 ta uchrashuvning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan.

Jastin Getji esa joriy yilning may oyida Toni Fergyusonni yengib, muvaffaq chempionlik kamari sohibiga aylandi va Habib bilan kuch sinashish huquqini qo‘lga kiritdi. Amerikalik jangchi MMAda 22 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov otasining vafotidan so‘ng ilk bor super jangda qatnashadi