17:30 / 16.07.2020
2 801

"Paxtakor" - AGMK uchrashuvi kelishilgan edimi?

"Paxtakor" - AGMK uchrashuvi kelishilgan edimi?
Coca Cola Superligasining 9-turida "Paxtakor" o‘z maydonida AGMKni qabul qildi va 0:2 hisobida ortda bora turib, 2 daqiqa ichida 2 ta gol urib hisobni tenglashtirdi. O‘yin esa 2:2 hisobida yakunlandi.

Keyinchalik ushbu uchrashuv muxlislar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘la boshladi. Ular orasida ushbu bellashuv kelishilgan, degan fikrlar ham yo‘q emas. Bu borada O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- "Paxtakor" — AGMK o‘yini haqida turli xil fikrlar bildirildi. Men uchrashuvni kelishilgan, deb o‘ylamayman. Birinchidan, bunga yetarli darajada asosim yo‘q. Ikkinchidan, uchrashuvni boshidan oxirigacha kuzatib bordim. Uchinchidan, hisob 2:2 bo‘lganida ham "Paxtakor" hujum qilishda davom etdi va faqatgina darvozabon sabab AGMK durangni saqlab qoldi.

Kelishilgan o‘yin uchun o‘zini ko‘rsatish niyatida bo‘lgan 19 yoshli futbolchining maydonga tushirilishi dargumon. O‘sha futbolchi golli uzatma berdi. Yana bitta vaziyatda gol urishi mumkin edi, tushunishimcha, shoshib qoldi. Ko‘p hollarda uchrashuvni to‘liq kuzatmagan odamlar uchrashuvni kelishilgan, deb aytishgandek tuyuldi. Bu ularning shubhasi, asos ham bo‘lsa, uni bizga taqdim etishlarini so‘raymiz.

Bir vaqtlar AGMK yoki "Metallurg" o‘yinlari masalasida hammamizda shubhalar bo‘lgan. So‘nggi ikki yilda ular ishtirokidagi o‘yinlarni ham alohida ko‘rishingiz mumkin. Duranglar, janjallar, Qosimovni qizil kartochka olishgacha olib boradigan asabbuzarliklar va hokazo.

Kecha "Arsenal" — "Liverpul" o‘yinini kim ko‘rdi? Agar shunday uchrashuv bizda bo‘lsa, biz Van Deyk va Alissonning ko‘zini aniqki ochirmasdik. Aslida esa yulduzlar ham xato qilib turadi. "Liverpul" chempionlikni naqd qilib qo‘ymaganida, katta ehtimol bilan ular bunday xato qilishmasdi, degan fikrim bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi kelishilgan edimi?