22:06 / 16.07.2020
2 306

«Nasaf» klubining logotipi o‘zgardi

«Nasaf» klubining logotipi o‘zgardi
"Nasaf"ning yangi logotipi
Xabaringiz bor, «Nasaf» jamoasi Coca-Cola Superligasi 9- turida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912“ jamoasi mehmoni bo‘lgandi (2:2).
Aynan shu bellashuvda «ajdarlar» o‘zlarining yangi formalarida harakat qilishdi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz yangi formada jamoaning yangi ramzi aks ettirilgan.

O‘zingizga ma’lum, jamoa 2009-2011 yillardagi sport formasida ajdar ramzi tushirilgan logotipdan foydalangan edi. Jamoaning xalq orasidagi nomi ham aynan «ajdarlar» deb yuritiladi. Klub rahbariyati mavsum avvalida ko‘p sonli muxlislarning takliflarini inobatga olgan holda yana ushbu ramzga yangicha ruhda qaytishni niyat qilgan edi. Ammo butun dunyo bo‘ylab yoyilgan koronavirus pandemiyasi tufayli rejalarni biroz cho‘zib turishga to‘g‘ri keldi.

Jamoa logotipida «ajdar» timsolining aks etishi ham Qarshi shahri tarixiga borib taqaladi. 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyi nishonlanganida xabaringiz bor. Aynan Qarshi tarixini o‘rganish jarayonida Qarshi yaqinidagi Yerqo‘rg‘on tepaliklaridan «ajdar» timsoli aks ettirilgan tangalar topilgan!

Manba: fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» klubining logotipi o‘zgardi