Foto: Getty Images
«Barselona» sardori Lionel Messi La Liga 37-turidan o‘rin olgan «Osasuna»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirar ekan «Real» munosib tarzda chempionlikni qo‘lga kiritganini aytdi.
«Real» o‘z ishini qildi. Restartdan keyin birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi («Real» mavsum tiklangach 5ta o‘yinning barchasida g‘olib bo‘ldi) – bu munosib natija. Ammo biz ham qo‘limizdan kelganicha kurashdik. O‘zimizga tanqidiy ko‘z bilan qarashimiz kerak, hamma futbolchilar. Biz –«Barsa»miz va har o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynashimiz kerak.
«Roma», «Liverpul»... Muxlislarning sabri tugayapti, chunki biz ularga hech nima bera olmayapmiz. YECHL uchun kurashishni xohlasak, bizda ko‘p narsa o‘zgarishi kerak. Hammasi shu ketishda davom etsa, biz «Napoli»ga ham yutqazamiz», dedi Messi o‘yindan keyin.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 2014 yildan buyon ilk marta na chempionlikni va na Ispaniya kubogini qo‘lga kirita olmadi. Jamoada bu mavsumda g‘olib bo‘lish uchun faqat YECHLda imkoniyat qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi