14:40 / 17.07.2020
1 933

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometerogiya markazi dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan bulutli havo oqimlari kirdi. Markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Mamlakatimiz shimoli va cho‘l zonasida havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari butun respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Kunduzgi harorat 39-42 darajagacha ko‘tariladi, bu yoz avji uchun me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?