19:02 / 17.07.2020
2 610

Shahboz Umarov BATE futbolchisiga aylandi. U aynan ushbu klubga 35 metrdan gol urgandi (video)

Shahboz Umarov BATE futbolchisiga aylandi. U aynan ushbu klubga 35 metrdan gol urgandi (video)
Foto: BATE
Belarusning «Energetik-BGU» klubida ijara asosida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov faoliyatini BATEda davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 21 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasining ikkinchi davrasida (15–28 sentabr) BATE safiga qo‘shilishi mumkin. Agar klub ushbu imkoniyatdan foydalanmaslikka qaror qilsa, futbolchi kelasi yilning 1 yanvar sanasidan yangi jamoasida to‘p surishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Umarov 1999 yil 9 mart sanasida Bo‘ka shahrida tug‘ilgan. U Toshkentning «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini Olmaliqning OKMK klubida boshlagan.

Umarov Belarus chempionating ortda qolgan o‘yinlarida o‘z nomiga 2 ta golni rasmiylashtirib qo‘yishga ulgurdi. Bitta golini esa aynan BATE darvozasiga urgandi.

Ma’lumot uchun, BATE klubi 1996 yil tashkil topgan. Klub 15 bora mamlakat chempionligini, to‘rt marta Belarus Kubogini, yetti marta esa mamlakat superkubogini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Energetik-BGU» safida to‘p surgan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev ham jamoasini o‘zgartirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahboz Umarov BATE futbolchisiga aylandi. U aynan ushbu klubga 35 metrdan gol urgandi (video)