11:20 / 20.07.2020
1 879

«Chelsi» safarda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi

«Chelsi» safarda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi yarim finalida «Manchester Yunayted» va «Chelsi» jamoalari 19 iyul, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Olive Jiru londonliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida Meyson Mauntning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarbasini David de Xea qaytara olmadi.

74-daqiqaga kelib hisob yirik ko‘rinish oldi: Sesar Aspilikuetaning uzatmasidan keyin Harri Maguayr o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida «Yunayted» futbolchilari Brunu Fernandeshning penaltidan urgan golidan keyin hisobni qisqartirdi. Biroq qolgan vaqtda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari vaziyatni o‘nglay olmadi.

Shu tariqa «Chelsi» Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda «Arsenal» bilan o‘ynaydi. Final uchrashuvi 1 avgust kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi
Yarim final bahsi

«Manchester Yunayted» — «Chelsi» 1:3
Gollar:
0:1 – 45+11 Jiru, 0:2 – 46 Maunt, 0:3 – 74, avtogol Maguayr, 1:3 – 85, penalti Brunu Fernandesh.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Uilyams, Maguayr, Bayi (Marsyal, 45), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 79), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 55), Jeyms (Grinvud, 56), Matich, Lindelof, Reshford (Igalo, 79).
«Chelsi»: Kabalero, Jeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Maunt (Pedro, 90), Kovachich (Loftus-Chik, 86), Villian (Hadson-Odoi, 80), Jorjino, Zuma, Jiru (Abraham, 80).
Ogohlantirish: Pogba (71).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» safarda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi