21:00 / 21.07.2020
2 127

Usmon Toshev: "O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi Tojikiston uchun har tomonlama qulay"

Usmon Toshev: "O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi Tojikiston uchun har tomonlama qulay"
Tojikiston terma jamoasi yaqin kunlarda yig‘in boshlashi haqida xabar bergan edik.
Biz bu borada Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi, o‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshevning fikrlariga quloq tutdik.

"Tayyorgarlikni sekin-asta boshlamoqdamiz. Sentabr oyida O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng Dubayga uchamiz va u yerda ham bir nechta nazorat bahslarida ishtirok etamiz. Bularni barchasi rejamizdan o‘rin olgan. Rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonida barcha terma jamoalar o‘zlari uchun raqib topadi. Maqsad futbolchilarni ko‘rib olish va turli taktikalarni sinab ko‘rish.

O‘zbekiston bilan o‘yinda o‘z imkoniyatlarimizni yana bir bor ko‘zdan kechirib olishni maqsad qilganmiz. Men uchun ham bu foydali bo‘lishi tabiiy. Shogirdlarimni mashg‘ulotdagi harakatlari bilan o‘yindagi harakatlari o‘rtasida farq bo‘ladi. O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarimning jismoniy holati, taktik tayyorgarligi borasida xulosaga kelib olaman. O‘zbekiston bilan o‘yin biz uchun har tomonlama qulay.

Birinchidan yaqin, ikkinchidan taomlarimiz va iqlimimiz o‘rtasida deyarli tafouvt yo‘q. Uzoq masofa yo‘l yurmaymiz. Har bir terma jamoa o‘zi uchun qulay bo‘lgan tomonni tanlaydi. Bir haftalik yig‘inga kirishganmiz. Boz ustiga karantin ham rejalarimizga ma’lum darajada ta’sir qildi. Ishlashda davom etamiz
", - deydi Usmon Toshev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev: "O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi Tojikiston uchun har tomonlama qulay"