00:20 / 23.07.2020
3 747

Oston O‘runov Rossiya klubida qancha maosh oladi?

Oston O‘runov Rossiya klubida qancha maosh oladi?
Rossiyaning "Ufa" klubida samarali faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Oston O‘runovga qiziqayotgan jamoalar soni ortib bormoqda. Shu bois xorij nashrlari uning maoshi va boshqa ma’lumotlarni taqdim etishmoqda.

Sport Ekspress nashrining yozishicha, shu yili qishda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan 200 ming yevroga sotib olingan Oston "Ufa"da oyiga 200 000 rubl maosh oladi. Ya’ni, 2825 dollar. Bu O‘runovning maoshi xolos. Undan tashqari, turli bonuslarga ham ega.

Oston O‘runovni "Spartak", "Rubin" va boshqa jamoalar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Spartak" aniq taklif bilan muzokaralar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov Rossiya klubida qancha maosh oladi?